Vazir jamga‘rmasi hisobidan joriy yilda ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning umumiy kvotasi 1250 ta etib belgilandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 8-yanvardagi tegishli buyrugʻi bilan Vazir jamgʻarmasi hisobidan ustama toʻlanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika boʻyicha cheklangan soni va 1-bosqich test sinovlari orqali saralash boʻyicha reglament tasdiqlandi.

Unga koʻra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan Respublika boʻyicha 2024-yilda har oylik ustama toʻlanadigan malakali pedagog kadrlarning cheklangan soni 1 250 nafar etib belgilandi. Bunda:

1 150 ta kvota yoki umumiy kvotaning 92 foizi — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlarga;

100 ta kvota yoki umumiy kvotaning 8 foizi — Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar pedagog kadrlariga ajratildi.

Kvotalar “Boshlangʻich taʼlim”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy va filologiya fanlari” va “Amaliy fanlar”lar yoʻnalishlari boʻyicha hudud va tuman (shahar)lar kesimida taqsimlandi. Bunda tegishli yoʻnalish boʻyicha tuman (shahar) uchun belgilangan har bitta kvota oʻrniga koʻpi bilan uch nafar nomzod taqdim etiladi.

Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlar Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomdagi malakali pedagog kadrlar uchun nazarda tutilgan mezonlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevraldagi F-22-sonli farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan hududiy kengashlar tomonidan tanlab olinadi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры