Dehqonobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Dilhayot Gʻaffarova oʻzi tanlagan OTM yoʻnalishi boʻyicha Bilim va malakalarni baholash agentligining barcha sertifikatlariga ega bo’ldi.
U oʻzbek tili va adabiyoti, tarix, ingliz tili umumtaʼlim fanlaridan jami 176,1 ball toʻplagan.
Bundan avval, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi Mohinur Arabboyeva hamda Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi Kamolaxon Arabjonova oʻzlari tanlagan OTM yoʻnalishi boʻyicha agentlikning barcha sertifikatlarini qo’lga kiritishgan edi.
