2025-yilgi oʻtkaziladigan pedagoglar attestatsiyasidan roʻyxatdan oʻtish 1-martgacha davom etadi

2025-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish 1-martga qadar davom etadi.

 

Murojaatlarni:

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining veb-saytidagi pedagog.uzedu.uz (pedkadr.uzedu.uz) — platformasi orqali (ONE ID-tizimi orqali shaxsiy kabinetga kiriladi va tegishli maʼlumotlar kiritiladi;

 

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz/uz orqali davlat xizmatlari markazlari orqali yuborish mumkin.

 

Har bir viloyat markazida, yaʼni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boshqarmalarida murojaatlarni oʻrganish boʻyicha ishchi guruhlar faoliyat olib bormoqda.

 

Navbatdagi-majburiy attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar yuborilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida oʻrganib chiqiladi.

 

Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar esa toʻlov qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida oʻrganib chiqiladi.

 

Navbatdan tashqari attestatsiya uchun toʻlov qilinmasa, murojaatlar elektron bazada koʻrinmaydi va oʻrganib chiqilmaydi.

 

Murojaatning oʻrganish natijalari bilan pedagoglar oʻzlarining SHAXSIY KABINETlari orqali tanishib chiqishlari mumkin.

 

Pedagog kadrlar attestatsiyasi yoki murojaat yuborish jarayonlari boʻyicha savollaringiz boʻlsa, hududlardagi ishchi guruhlariga murojaat qilishingiz mumkin.

 

Yanvar – fevral oylarida murojaatlar qabul qilinadi;

 

Mart – may oylarida malaka (test) sinovlari oʻtkaziladi;

 

Iyun oyida Sertifikatlar tarqatiladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры