Bog‘chada ilonlar bilan tomosha ko‘rsatgan shaxslar jarimaga tortildi

Toshkent viloyati Piskent tumanidagi 7-son davlat maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanuvchilarga O‘rta Osiyo kobralari bilan tomosha uyushtirilgani haqida xabar bergandik. Kobra ilonlari bilan tomosha ko‘rsatgan shaxs jazolandi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berilgan.

 

 

Xabarga ko’ra, o‘sha kuni bog‘cha xodimlari ota-onalar bilan ochilgan Telegram guruhga sirk tomoshasining videosini yuborgan. Buni ko‘rgan bolalardan birining buvisi holat yuzasidan Ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilgan.

 

 

Ma’lum bo‘lishicha, tomosha Olmaliq shahar “Kumush diyor” xususiy korxonasi tasarrufidagi “Toshkent” havaskorlik sirk jamoasi xodimi H.A. tomonidan uyushtirilgan. Mazkur shaxs o‘quv yili avvalida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga ta’lim tizimidagi muassasalarga sirk tomoshalarini namoyish qilish bo‘yicha xat va dastur bilan murojaat qilgan. Mas’ullar tomonidan ushbu tomoshalarga ruxsat berilgan. Namoyishlar dasturida hayvonlar bilan sahna ko‘rinishlari ko‘rsatilmagan. H.A. 16 yanvar kuni tumandagi 7-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan jonzotlar bilan o‘yin ko‘rsatgan.

 

 

Biroq bo‘lim rahbari o‘rinbosari dastur bilan to‘liq tanishmay unga ruxsat bergan. U holatga e’tiborsizlik qilgani uchun ishdan olingan.

 

 

Sud qarori bilan, H.A. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 200-1-moddasi (Ommaviy tadbirlar o‘tkazish qoidalarini buzish) bilan aybli deb topildi. Unga shu moddaga asosan Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari (3 mln 750 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi qo‘llandi. Uning sherigi ham jarima jazosiga tortilgan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры