Sirdaryolik o’qituvchi 20 yildan buyon bir maktabda ishlab, kasb kasalligi “surunkali laringit” ga chalingani ma’lum bo‘ldi.
Ma’lum bo’lishicha, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi kasb kasalligi tufayli nafaqaga chiqqan pedagogning pullarini o‘z vaqtida to‘lab bermagan. Shu sababdan u O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Sirdaryo viloyat kengashi esa sudga da’vo arizasi kiritgan.
Shuningdek, bu bo’yicha javobgar kasaba uyushmasi tomonidan tegishli ko’rsatma xatlari kelib tushgan lekin bajarilmagan.
Sud yakuniga ko‘ra, o‘qituvchining manfaati qondirilib, 70 million so’m zarar va tovon pullari undirib beriladigan bo‘ldi.