2025-2026-oʻquv yildan boshlab xorijiy tillar oʻqituvchilaridan kamida B2 darajadagi til sertifikati talab etiladi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi “Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq:

 

 

–  2025-2026-oʻquv yiliga qadar umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʻlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar oʻqituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishi lozim.

 

 

Shu munosabat bilan, Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi mazkur talabdan kelib chiqqan holda, barcha xorijiy til ustozlarining 2025-2026-oʻquv yiliga qadar kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega boʻlishi lozimligini qatʼiy eslatib oʻtgan.

 

Kimlar xorijiy til o‘qituvchilari toifasiga kiradi?

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-sonli qarorida 15 ta xorijiy tillar ro‘yxati keltirilgan.

 

Bular ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind tillari hisoblanadi. Demak, aynan mana shu tillardan dars beradigan pedagoglar xorijiy tillar o‘qituvchilari hisoblanadi.

 

Muhim! Ro’yxatda “Rus tili” fani o‘qituvchilari xorijiy til o‘qituvchisi sifatida qayd etilmagan. Demak, “Rus tili” fani o‘qituvchilariga maktabda ishlashi uchun milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabi mavjud emas.

 

 

Yangi ishga kirayotgan xorijiy til o‘qituvchilarini ishga olish tartibi qanday?

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-sonli qarorining 9-bandiga muvofiq 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab, davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan.

 

 

Shuning uchun, B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi talabini 2025/2026-o‘quv yiliga qadar uzaytirish tartibi yangi ishga kirayotgan o‘qituvchilarga emas, balki amalda maktablarda ishlab kelayotgan o‘qituvchilarga nisbatan tatbiq qilinadi.

 

 

Ya’ni, yangi ishga kirayotgan xorijiy til o‘qituvchisidan ham B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat talab qilinadi.

 

 

Yangi ishga kirayotgan xorijiy til o‘qituvchisi B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan taqdirda, u stajyor-o‘qituvchi sifatida ishga qabul qilinadi va bir yil ichida kasbiy sertifikat ham olishi kerak bo‘ladi. Chunki, B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatlar kasbiy sertifikat o‘rnida qabul qilinmaydi.

 

 

Talabalar xorijiy til o‘qituvchisi bo‘lib ishga kirmoqchi bo‘lsa, B2 sertifikati talab qilinadimi?

 

 

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan barcha talabgorlar haqida gap ketgan.

 

Ya’ni, davlat ta’lim muassasasiga ishga kirayotgan talabgor talaba bo‘ladimi yoki yo‘q u yangi ishga qabul qilinayotgan bo‘lsa, albatta B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikat talab qilinadi.

 

 

Dekret ta’tilidan qaytayotgan xorijiy til o‘qituvchisidan ham B2 sertifikati talab qilinadimi?

 

Mehnat kodeksining 239-moddasiga ko‘ra, homiladorlik va tug‘ish hamda bola parvarishlash ta’tili berilganda xodimning avvalgi ish joyi (lavozimi) saqlanib qoladi.

 

Ya’ni, dekret ta’tilidan qaytayotgan xodimga yangi ishga qabul qilinayotgan xodim sifatida qaralmaydi. Shu sababli, B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchisi dekret ta’tilidan qaytayotgan bo‘lsa, maktabdagi ish faoliyatini 2025/2026-o‘quv yiliga qadar davom ettiraveradi.

 

Ammo ularga ham o‘quv yili oxiriga qadar tegishli sertifikatga ega bo‘lish talabi to‘g‘risida ogohlantirish beriladi.

 

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры