Kolorado universitetining tibbiyot bo’limi olimlari ko’rish qobiliyatini tiklaydigan preparatni ishlab chiqishdi

Kolorado Universitetining “Anschutz” tibbiy kampusi olimlari multipl skleroz (MS) va asab hujayralariga zarar yetkazuvchi boshqa nevrologik kasalliklarda ko‘rish qobiliyatini tiklashga yordam berishi mumkin bo‘lgan dori vositasini kashf qilishdi. Ushbu tadqiqot bu hafta Nature Communications jurnalida e’lon qilindi.

 

 

LL-341070 nomli dori miyelin (asab tolalarini o‘rab turuvchi himoya qavati)ni tiklash jarayonini kuchaytiradi. Miyelinga zarar yetishi MS kabi kasalliklarning asosiy belgilaridan biri bo‘lib, qarish jarayonida ham kuzatiladi. Bu ko‘pincha ko‘rish qobiliyatining yo‘qolishi, harakatlanish ko‘nikmalarining pasayishi va kognitiv qobiliyatlarning susayishiga olib keladi.

 

 

Tadqiqotda miya o‘zini tiklash qobiliyatiga ega bo‘lsa-da, bu jarayon sekin va samaradorligi past bo‘lishi aniqlangan. Biroq LL-341070 dorisi ushbu jarayonni sezilarli darajada tezlashtirgani va sichqonlarda og‘ir shikastlanishlardan so‘ng ko‘rish bilan bog‘liq miya funksiyalarini yaxshilagani kuzatilgan.

 

 

Tibbiyot maktabining Huja va rivojlanish biologiyasi kafedrasi dotsenti, doktor Ethan Xyuz. “Biz ushbu imkoniyatdan foydalanib, MS kabi kasalliklarga chalingan odamlarga shikastlanish oqibatlarini qaytarish, ko‘rish va kognitiv funksiyalarni tiklash imkoniyatini berishni umid qilamiz.” -deydi

 

 

Tadqiqotchilar dori vositasi jiddiy shikastlanishlardan keyingi tiklanishni samaraliroq qilishini aniqlashdi. Hatto miyelinning qisman tiklanishi ham ko‘rish bilan bog‘liq miya funksiyalarini yaxshilagan.

 

 

Ushbu tadqiqot kortikal miyelinning ko‘rish funksiyasidagi rolini ko‘rsatdi. Dori vositasi o‘zgartirilgan tiklanish mexanizmlarini tezlashtirgani uchun yangi davrni boshlab berishi mumkin.” – deydi Kolorado Universiteti Tibbiyot maktabining Fiziologiya va biofizika kafedrasi assistent professori.

 

 

Tadqiqotchilar endilikda ushbu dorini miya boshqa sohalarida ham sinab ko‘rishni rejalashtirmoqda. Ular davolash samaradorligini yanada oshirish va kelajakda uni bemorlarga yetkazishni maqsad qilishgan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры