2024-yil oktabr oyida voyaga yetmagan qizaloq o’z otasi tidan ayovsiz kaltaklanib olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.
Ma’lumotlarga ko’ra, maktabning oltinchi sinfida o’quvchi qiz maktab do’konidan so’roqsiz yegulik olib yegan. Bir necha marotaba bunday holat takrorlanganligi uchun maktab o’qituvchisi qizning ustidan otasiga shikoyat qilgan. Buni eshitgan ota jahl otiga minib, qizalog’ini uyga olib kelib uni jazolash maqsadida tanasining turli joylariga qora rangli rezina kamar bilan ko’p marotaba urib og’ir tan yetkazgan. Natijada qizaloq vafot etgan.
Ayblanuvchiga nisbatan Andijon tumani sudida sud ishi ko’rib chiqilgan. Sud qarori bilan sudlanuvchi O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-modda 3-qismi “d” bandi bilan aybli deb topilgan va 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.