TATU ning Nurafshon filali binosi “Cyber university” davlat universitetiga o’tkazib beriladi

“Cyber university” davlat universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-14-son, 20.01.2025-y.) qabul qilindi.

 

Qarorga koʻra, universitet toʻliq akademik, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv jihatidan mustaqil boʻlgan davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi va bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom beriladi. Talabalarni oʻqitish davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida olib boriladi.

 

Universitetga qabul parametirlari davlat universiteti Kuzatuv kengashi qarori bilan tasdiqlanadi. Kiberxavfsizlik sohasi boʻyicha kadrlarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, Kuzatuv kengashiga yangi istiqbolli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochish huquqi beriladi.

 

Universitet tarkibida IT-klaster (axborot texnologiyalar parki, texnopark) tashkil etiladi.

 

Universitet faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari va boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

 

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filialining Toshkent viloyati Nurafshon shahri “Yangiobod” MFY Yangiobod koʻchasi 42-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarini tutash hududlari bilan birgalikda operativ boshqaruv huquqi asosida universitetga oʻtkazib beriladi.

 

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nurafshon filiali faoliyatini 2024/2025 oʻquv yili yakunlanganidan soʻng tugatadi va bu yerdagi talabalar oʻqishini Toshkent axborot texnologiyalari universitetining tegishli kurslariga belgilangan tartibda koʻchiriladi.

 

Universitetda oʻquv jarayoni 2025-yil sentyabr oyida boshlanadi.

 

2025/2026 oʻquv yili uchun universitetga bakalavr tayyorlash boʻyicha kunduzgi taʼlim shakliga 100 ta davlat grandi ajratiladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры