Sanepidqo’mitasi maktabdagi epidemiologik vaziyat to’liq nazorat ostidaligini ma’lum qildi

Shayxontohur tumanidagi maktab o‘quvchisida aniqlangan sil kasalligi bo‘yicha yuzaga kelayotgan epidemiologik vaziyat yuzasidan Sanepidqo‘mita axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qildi:

 

O’tgan yilning 26-dekabrida Shayxontohur tumanida joylashgan umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisida sil kasalligi aniqlangan va shu kuni Shahar Bolalar ftiziatriya shifoxonasiga yotqizilgan.

 

 

Bemor bilan muloqotda bo‘lgan 22 nafar o‘quvchi va maktabning 30 ta o‘qituvchisi joriy yilning 4-yanvaridan boshlab rentgenografiya, diaskin test tekshiruvlaridan o‘tgan. Kasallik aniqlangan o‘quvchi ambulator sharoitda davolanmoqda. Epidemiologik surishtiruv o’tkazish natijasida bemorning oila a’zolari ham tegishli tekshiruvlardan o‘tkazilib, kasallik aniqlanmagan.

 

 

Sanepidqo’mita mutaxassislari tomonidan ushbu maktabda  epidemiologik o‘rganishlar olib borilishi natijasida maktabda sanitariya talablarining qo’pol ravishda buzilishi, sil kasalligi bilan kasallangan bemorni erta aniqlanmagani  va  o‘z vaqtida chora-tadbirlarni tashkil etilmaganligi hamda pedagoglarning davriy tibbiy ko‘rikdan o’tmaganligi ma’lum bo’ldi.

 

 

Aniqlangan kamchiliklar  yuzasidan ushbu maktab direktoriga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

 

 

Maktabda bemor bilan muloqotda bo‘lgan o‘quvchi va o‘qituvchilar maxsus tekshiruvdan o‘tkazildi hamda ular orasida kasallikni yuqtirib olganlar aniqlanmadi. Amaldagi tartibga ko’ra ular 6 oydan so’ng qayta tekshiruvdan o‘tkazilishi  rejalashtirilgan.

 

 

Shu o’rinda ortiqcha vahimaga o’rin yo’qligini, vaziyat nazorat ostida ekanligini eslatib o’tamiz.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры