Qashqadaryoda maktab direktori o‘quvchilarga majburiy forma qildirish, ota onalardan 70 ming so‘mdan olish kerakligini talab qilganligi haqida video tarqalgandi.
Natijada maktab direktori F.Sh. ga nisbatan boshqarma boshligʼining 2025 yil 22-yanvardagi tegishli buyrugʼiga asosan oʼrtacha oylik ish haqining yigirma besh (25%) foiz miqdorida “Jarima” intizomiy jazo chorasi qoʼllanilgan.
Shundan so’ng, maktab direktori holatga izoh bergani tasvirlangan video tarqaldi. Unda, holat bo’yicha uzr so’rashini, lekin bu tashabbus ota-onalardan chiqqanligi va tabaqalanishni oldini olish uchun qilinganini ta’kidlagan.