Saudiya Arabistonida bo’lib o‘tgan YUNESKO xalqaro konferensiyasida Qarag‘anda shahrining 11 yoshli maktab o‘quvchisi Platon Nechayev o‘zining mualliflik ekologik ertaklarini taqdim etdi.
11 yoshli Platon Nechayev konferensiyada ekologik va ijtimoiy muammolarni hal qilish orqali ijodiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan “PLATON 5D fikrlash” ta’lim dasturini ham namoyish qildi. Ushbu dastur ekologik va ijtimoiy muammolarni hal qilish orqali ijodiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan.
Platon Nechayev Qarag‘andadagi 3-sonli gimnaziya o‘quvchisi bo‘lib, u maktab hayotida faol ishtirok etadi va yosh ijodkor sifatida tanilgan. U yozuvchilik faoliyatini 10 yoshida boshlagan bo’lib, kitoblarida do‘stlari, sportchilar, olimlar hamda tug‘ilib o‘sgan shahri Qarag‘anda haqida hikoya qiladi. Konferensiyada yosh ijodkor tomonidan maxsus yozilgan “Sehrli vaqt kompasi” ertagi taqdim etildi.
Platonning so‘zlariga ko‘ra, u kelajakda badiiy gimnastika bo‘yicha Olimpiya chempioni bo‘lishni va Qozog‘istonni dunyoga tanitishni orzu qiladi.
Konferensiya davomida Platon Qarag‘anda va Jubayl shaharlari o‘rtasida tajriba almashish dasturini tashkil etishni va ikki shaharda “Do‘stlik daraxtlari”ni ekishni taklif qildi.
Yosh yozuvchining ta’lim dasturini ishlab chiqishda onasi Irina Xaritonova katta hissa qo‘shgan. U ijodiy sanoat sohasida 13 yildan ortiq ishlagan va o‘g‘lini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini aytgan.
Platonning sinf rahbari Marat Moldashev o‘z o‘quvchisini iste’dodli va aqlli bola sifatida ta’riflab, bunday yoshlarni rivojlantirish o‘qituvchining burchi ekanligini ta’kidladi.
Konferensiyada Platon Qozog‘istonning xalqaro miqyosdagi iste’dodli vakili sifatida ko‘plab mutaxassislar e’tiborini qozondi.