Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni Oliy ta’lim muassasalari kengashi belgilaydi va bu imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi mumkin:
Yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi:
– ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar;
– chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar);
– mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
– ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.
Umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi:
– umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari;
– vazifasini namunali bajarayotgan talabalar kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga.