13-maktab yaqinidagi zoʻravonlik holatini Ombudsman o’z nazoratiga oldi

Avvalroq, Bishkekdagi 13-sonli maktab yaqinida katta sinf o‘quvchisi 11 yoshli bolani kaltaklab, undan ovqat va pul talab qilgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu holatni Bolalar Ombudsmani o’z nazoratiga oldi.

 

 

Ombudsman Jamilya Jamanbayeva maktablardagi reket holatlarini alohida nazoratga olish va oldini olish boʻyicha davlat organlarini samarali hamkorlikka chaqirdi. Bu haqda bosh huquq himoyachisi matbuot xizmati xabar berdi.

 

 

Reket — bu qandaydir kishilar yoki guruhlar tomonidan qoʻrqitish, zoʻravonlik yoki shantaj orqali boshqalarning mol-mulkini yoki pullarini olishga qaratilgan gʻayriqonuniy faoliyatdir.

 

 

“Maktabdagi reket — jiddiy chora-tadbirlarni talab qiladigan dolzarb muammo. Uning oldini olish boʻyicha ishlarni kuchaytirish kerak”, — dedi Jamilya Jamanbayeva.

 

 

 

Maʼlum qilinishicha, Ombudsmanning shaxsiy qabuliga kelgan ota-onalar oʻz farzandlarining huquqlarini himoya qilish iltimosi bilan murojaat qilishgan. Ular Bishkek shahridagi 13-gimnaziya oʻquvchilari boʻlib, mazkur maktabda reket holatlari kuzatilayotgani haqida xabar berishgan.

 

 

“22-dekabr kuni men ikki farzandimni kafega olib borib, ovqatlantirdim va toʻgarakka joʻnatdim. Farzandlarim 11 va 9 yoshda. Ular doʻstlari bilan birga ketishgandi. Yoʻlda ularni ayni shu gimnaziyada oʻqiydigan oʻquvchi toʻxtatib, ularning pitsa va shirinliklar solingan paketini tortib olibdi. Bu bola mening 11 yoshli oʻgʻlimdan ikki yosh katta. U pul talab qilgan va katta oʻgʻlimni kaltaklab, miya chayqalishiga sabab boʻlgan. Biz kasalxonada davolandik”, — dedi oʻquvchilarning onasi I. J.

 

Uning soʻzlariga koʻra, 25-dekabr kuni u militsiyaga ariza yozgan.

 

Ombudsman Jamilya Jamanbayeva uchrashuvda ushbu murojaatni shaxsiy nazoratiga olganini maʼlum qildi. Shuningdek, mazkur holat yuzasidan chora koʻrish boʻyicha Ichki ishlar vazirligi, Taʼlim va fan vazirligi, Mehnat, ijtimoiy taʼminot va migratsiya vazirligiga xat yoʻllagan.

 

“Ombudsman tegishli davlat organlarini oʻquvchilar xavfsizligini taʼminlashga hamda ularni zoʻravonlikka qarshi huquq va erkinliklarini kamsituvchi boshqa harakatlardan himoya qilishga chaqirmoqda”, — deyiladi Ombudsman bayonotida.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры