O‘zbekistonlik o‘quvchilar BAAda o’tkazilgan tanlov g‘olibi bo‘lib, 150 ming dollar miqdordagi grantni qo‘lga kiritdi

Toshkentdagi Prezident maktabi o‘quvchilari BAAda ekologik barqarorlik va inson farovonligiga xizmat qiluvchi innovatsiyalarni rag‘batlantiruvchi “Zayd Barqarorlik Mukofoti” g‘olibi bo‘ldi. O‘zbekiston finalda Turkiya va Ozarbayjon bilan raqobatlashib, 150 ming dollar grantni qo‘lga kiritgan.

 

Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etmoqda.

 

“Zayed Sustainability Prize” ekologik barqarorlik va inson farovonligiga xizmat qiluvchi innovatsiyalarni ragʻbatlantiradi. 2008-yilda BAA asoschisi Shayx Zayd bin Sulton al-Nahayyon merosini davom ettirish maqsadida taʼsis etilgan.

 

Mukofot 5 yoʻnalishda beriladi: sogʻliqni saqlash, taʼlim, energiya, suv va global maktablar. Har bir yoʻnalishda gʻoliblar barqarorlik loyihalari uchun moliyaviy yordam oladi. Jami fond — 3 million dollar.

 

 

Mukofotga 156 davlatdan 5980 ta loyiha arizasi kelib tushgan. Gʻolib jamoa 150 ming dollar miqdorda grantni qo’lga kiritadi. O‘zbekiston finalda Turkiya va Ozarbayjon bilan raqobatlashib, 150 ming dollar grantni qo‘lga kiritgan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры