Endilikda ta’lim muassasalarining oshxonalari tadbirkorlarga ijaraga beriladi

Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasining qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 
 
Qarorga koʻra, Vazirlar Mahkamasining 132-son qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:
 
 
– umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari oshxonalarini tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali tanlov asosida ijaraga berish;
 

–   “online-ijara.uz” axborot tizimi orqali taʼlim tashkilotlari oshxonalarining hisobini yuritish va ularni ijaraga berish;
 

–  taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanish tashkil etilishini monitoring va nazorat qilish;
 

–  respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari nomlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish.

 

 
Quyidagi talablarga javob beradigan ijaraga oluvchilar tanlovda ishtirok etishlari mumkin:

 

–  tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun davlat roʻyxatidan oʻtgan;

–  umumiy ovqatlanish boʻyicha kamida 6 oy davomida faoliyat yuritayotgan;

–  oshxona faoliyati yoʻnalishi boʻyicha maxsus jihozlarga ega boʻlgan;

–  shartnoma va sud hujjatlari boʻyicha zimmasida ijara hamda soliq toʻlovlaridan qarzdorligi mavjud boʻlmagan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры