2025-yilga moʻljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun eʼlon qilindi.
Unga koʻra, olis va chekka hududlarda joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun bepul avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.
Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi 100 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabida olis hududlardan qatnaydigan oʻquvchilarni avtobuslar bilan maktabga qatnovini autsorsing asosida tashkil etish koʻzda tutilmoqda.
Maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari oʻqituvchi-trenerlari rivojlangan xorijiy mamlakatlarga davlat granti asosida malaka oshirish va stajirovkaga yuboriladi.
Bunda:
➖maktabdan tashqari taʼlim yoʻnalishida katta tajribaga ega davlatlarning tajribasini oʻrganish;
➖eng yaxshi maktabdan tashqari taʼlim yoʻnalishi tizimiga ega davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish;
➖“El-yurt umidi” jamgʻarmasi koʻmagida har yili 20 ta maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari oʻqituvchi-trenerlarini xorijiy davlatlarga malaka oshirish uchun yuborish rejalashtirilmoqda.