Umumtaʼlim maktablari xodimlarini Direktor jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha 2025-yil 9-yanvardagi 05-40-154-sonli koʻrsatma xati e’lon qilindi.
Mazkur Nizomning 33-bandida umumtaʼlim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (oʻqituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha xodimning oʻzi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush oʻrtogʻi, farzandi) vafot etganda, ogʻir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar koʻrganda koʻrsatilishi belgilangan.
Tegishli tahlillar natijasida ayrim joylarda 2024-yil dekabr oyi uchun direktor jamgʻarmasidan toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovlar joriy yilgi xarajatlar smetasining yanvar oyidagi mablagʻlari doirasida amalga oshirilmasdan, direktor jamgʻarmasi boʻyicha keyingi oylar uchun rejalashtirilgan mablagʻlarni yanvar oyiga koʻchirish orqali xodimlarga moddiy yordam toʻlanganligi maʼlum boʻldi.
Bunday holatlar maktablarning direktor jamgʻarmasi uchun har oylik rejalashtirilgan mablagʻlarning sun’iy ravishda yetishmovchiligini keltirib chiqargan.