16 yoshli maktab o’quvchisi o’z maktabini yoqib yuborishga urindi

Ijtimoiy tarmoqlarda 16 yoshli maktab o’quvchisi o’z maktabini yoqib yuborishga uringani tasvirlangan video tarqaldi. Holat bugun 10-yanvar kuni ertalab sodir etilgani aytilmoqda.

 

 

16 yoshli Ilya ismli maktab o’quvchisi o’zi o’qiydigan Kurskdagi 54-maktabga bosh va bo’yin qismini yopadigan bosh kiyim (balaklava) kiyib kelgan. U maktab binosining oynasini sindirib, uni yoqib yuborishga uringan. Biroq, harakati muvaffaqiyatsiz tugab, maktab kirish qismida pichoqlar va yoqilg‘i solingan shisha idish saqlangan sumkani qoldirib ketgan. Keyinchalik Ilya o‘z uyida qo‘lga olingan.

 

 

Kursk viloyati gubernatori Aleksandr Xinshteyn so‘ziga ko‘ra, kirish qismida navbatchilik qilayotgan qo‘riqchi nimagadir uni to‘xtata olmagan.

 

“Yosh yigit bino ichiga yugurib kirdi, koridorda bir derazani sindirdi va ta’qibga qaramay, hech qanday to‘siqsiz tashqariga chiqib ketdi. Shu bilan birga, eshik oynasini bolg‘acha bilan sindirib o‘tdi. Qochayotganda kirish qismida sumka tashlab ketdi, unda ikkita pichoq va yoqilg‘i uchun mo‘ljallangan suyuqlik idishi bor edi. Butun voqea ikki daqiqadan ko‘p vaqtni olmay sodir bo‘ldi,” — deb ta’kidladi u.

 

 

Tergov davomida uning qurol-aslahalar bilan tushgan suratlari topilgan. U o‘z harakatlarini maktabga nisbatan shikoyati yo‘qligi, balki sinfdosh qiz bilan tortishib qolgani sabab sodir etganini tushuntirgan.

 

 

Biroq tez orada maktab o‘quvchilari orasida tarqalgan xabarlar orasidan gumonlanuvchining “manifesti” ya’ni reja tuzilgan matni topilgan. Ushbu hujjatda u maktab ichida “qirg‘in” uyushtirish bilan tahdid qilgan.

 

 

Bundan tashqari, 13 yoshli jinoyatchi Roman Gizatulin so‘zlarini keltirib, boshqa maktabga hujum uyushtirgan jinoyatchilarga qoyil qolganini bildirgan. Shuningdek, u 7-sinfdan beri shu kabi harakatni amalga oshirishni rejalashtirganini yozgan.

 

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры