Rossiya Prezidenti rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktabga qabul qilmaslik toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktabga qabul qilmaslik toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi. 

 

 

Rossiyada endi taʼlim dasturlarini oʻzlashtirish uchun yetarli boʻlgan rus tilini bilish boʻyicha test sinovlaridan oʻtmagan migrantlarning farzandlari maktabga qabul qilinmaydi.

 

 

Avvalroq, Rossiya Bosh vaziri oʻrinbosari Dmitriy Chernishenko 2025-yildan boshlab migrant bolalarning rus tilini bilish darajasi tekshirilishi haqida aytganini xabar bergan edik.

 

 

Ushbu qonunga muvofiq, boshlangʻich, asosiy va oʻrta umumiy taʼlim dasturlarini oʻzlashtirish uchun zarur boʻlgan rus tilini bilish boʻyicha testdan oʻtmagan migrant bolalariga ushbu dasturlarda ishtirok etish taqiqlanadi. Shuningdek, Rossiya hududida noqonuniy ravishda yashayotgan migrantlarning farzandlarini maktabga qabul qilish man etiladi.

 

 

Test sinovlarini amalga oshirish boʻyicha metodik yordam koʻrsatish, diagnostika materiallarini ishlab chiqish va rus tilini bilishni baholash mezonlarini belgilash vazifasi — Rosobrnadzorga yuklatilgan. Ushbu organ shuningdek, testdan muvaffaqiyatli oʻtganlikni tasdiqlovchi minimal ballarni aniqlaydi.

 

 

Qonunning joriy etilishi migrant bolalarning rus tili bilim darajasini oshirish va ularning taʼlim jarayoniga integratsiyasini yaxshilashni maqsad qilgan.

 

 

Qonun mualliflari — Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin, vitse-spiker Irina Yarovaya, Dumaning asosiy qoʻmitalari hamda Davlat Dumasi fraksiyalari rahbarlari.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры