Kyoto universiteti va Kajima Corporation qurilish kompaniyasi Oyda sun’iy gravitatsiya bilan yashash muhiti yaratish bo‘yicha birlashdi. “Neo Lunar Glass” nomli loyiha gravitatsiya yaratish uchun aylanish orqali erdagi sharoitlarni taqlid qiluvchi paraboloid tuzilmasini yaratishga qaratilgan.
Sun’iy gravitatsiyani yerdagiga o’xshash darajada saqlash, mikrogravitatsiya sharoitida uzoq vaqt qolishning salbiy oqibatlarini, masalan, suyak va mushak massasining yo’qolishi kabi muammolarni minimallashtirish uchun zarur hisoblanadi. Yerdagi prototipni 2030-yillarga qadar ishlab chiqish rejalashtirilgan.
“Ushbu loyiha katta texnologik yutuqlarni talab qiladi, lekin biz buni amalga oshirishga intilamiz va kosmik koloniyalarni yaratish yo‘lini ochishga harakat qilamiz”, — dedi Kyoto universiteti inson hayoti davomiyligini o‘rganish bo‘yicha professor Yosuke Yamasiki.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Lunar Glass tuzilmasining diametri taxminan 200 metr, balandligi esa 400 metrni tashkil etadi va 10 000 kishiga qadar sig‘dirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hozirgi kunda jamoa loyihaning 1:2000 o‘lchamdagi modelini yaratgan. Bu model Kyoto universiteti va Kajima Corp ning to‘liq miqyosdagi qo‘shma tadqiqotlari boshlanganini e’lon qilganidan keyin taqdim etilgan.
Shuningdek, ular sun’iy gravitatsiya sharoitida obyektlar qanday harakat qilishini ko‘rsatadigan modellashtirish ishlarini olib borishmoqda.