Oʻzbekistonlik talaba yigit fizika bo’yicha xalqaro olimpiadada g’alabani qo’lga kiritdi

Turkmanistonda Seyitnazar Seydi nomidagi Turkman Davlat Pedagogika instituti tomonidan IV Xalqaro internet-olimpiadasi oʻtkazildi. Unda o’zbekistonlik talaba yigit eng yuqori natijani qo’lga kiritgan. 

 

Ma’lum qilinishicha, olimpiadada dunyoning turli davlatlaridan talabalar ishtirok etib, undan 117 nafar ishtirokchi sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan.

 

 

Eng yuqori natijani Toshkent davlat pedagogika universiteti (Nizomiy nomidagi) talabasi Jasur Jamolov qayd etgan. Ta’kidlanishicha, u 36 ball toʻplash orqali birinchi oʻrinni egallagan.

 

 

Shuningdek, bellashuvda Turkmaniston, Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston va boshqa mamlakatlardan talabalar ham ishtirok etgan.

 

 

Olimpiadada 15 nafar ishtirokchi I oʻrin, 35 nafari II oʻrin, 67 nafari esa III oʻrinni egallagan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры