Xorvatiyada oʻsmir maktabdagilarga pichoq bilan hujum qildi

Xorvatiya poytaxti Zagrebning Prechko tumanidagi maktabga hujum uyushtirildi. Pichoq bilan qurollangan oʻsmir maktabga bostirib kirib, yetti nafar oʻquvchi va oʻqituvchini yaraladi.

 

Bu haqda Xorvatiya bosh vaziri Andrey Plenkovich HRT telekanaliga ma’lum qildi.

 

“Biz, butun Xorvatiya jamoatchiligi kabi, bugun ertalab Zagrebdagi Prechko boshlangʻich maktabida sodir boʻlgan katta fojiadan chuqur qaygʻudamiz. Hozirda ichki ishlar vaziri Davor Bojinovich hamda fan va taʼlim vaziri Radovan Fuks voqea joyida boʻlib turibdi. Politsiya va boshqa barcha xizmatlar surishtiruv harakatlarini boshlab yuborgan”, dedi Andrey Plenkovich.

 

 

HRT telekanali maʼlumotlariga koʻra, hujum qilgan shaxs oʻsha maktab oʻquvchisi boʻlishi mumkin. Telekanalning taʼkidlashicha, jarohat olgan oʻquvchilardan biri vafot etgan.

 

 

Joriy yilning sentyabr oyida Rossiyaning Chelyabinsk shahridagi 68-maktabda bolgʻa bilan qurollangan oʻsmir oʻquvchi va oʻqituvchilarga hujum qilgandi.

 

 

Hodisa oqibatida toʻrt kishi jarohatlangan, ular orasida bir nafar oʻqituvchi ham bor.

 

 

Hujum sodir etgan 7-sinf oʻquvchisi oʻziga ham jarohat yetkazgan. U binoga pichoq, bolgʻa va toʻpponcha olib kirgan. Ammo keyinchalik toʻpponcha haqiqiy emas, mulyaj ekani aniqlangan.

 

 

“Oʻquvchi bolgʻani maktabga qanday olib kirgani katta savol tugʻdirmoqda. Nima uchun qoʻriqlash xizmati bunga eʼtibor bermagan? Huquqni muhofaza qilish organlari, Taʼlim vazirligi, shahar maʼmuriyati va bola huquqlari boʻyicha vakilga vaziyatni batafsil oʻrganib chiqish toʻgʻrisida koʻrsatma berdim. Shuningdek, barcha taʼlim muassasalarida tekshiruvlar oʻtkazish haqida ham topshiriq berdim”, degandi gubernator Aleksey Teksler.

 

Manba

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры