Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ishtirokida oʻtkazilgan brifingda 2024- yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi. Axborotga ko’ra:
-Taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish maqsadida mazmun jihatidan yaqin boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari 40 foizgacha maqbullashtirildi. 183 ta taʼlim yoʻnalishi va 546 ta mutaxassislik boʻyicha malaka talablari, 1 278 ta oʻquv reja va 4 mingdan ortiq oʻquv dasturlari tasdiqlangan.
-Bundan tashqari, 7 ta oliygohdagi 39 ta taʼlim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazildi. Shu bilan birga, Top-500 ga kirgan 9 ta xorijiy oliygoh bilan hamkorlikda 15 ta qoʻshma taʼlim dasturi tashkil etilgan.
-Xorijiy tajribalarni oʻquv jarayoniga jalb qilish ham muhim yoʻnalishlardan biri boʻlib, 4 970 nafar professor-oʻqituvchi xorijda malaka oshirdi, 2 510 nafar xorijiy professor-oʻqituvchi oʻquv jarayoniga jalb etilgan.
-Shuningdek, kasbiy taʼlim muassasalariga 169 195 nafar yoshlar qabul qilindi. 14 673 nafar ishsiz fuqarolar 38 ta kasbga oʻqitilgan.
-418 ta kasbiy taʼlim tashkilotida 7 677 ta korxona bilan 30,8 ming nafar oʻquvchi 114 ta kasb boʻyicha dual taʼlimga jalb etilgan.
-Hududlarda 4 ta innovatsion faoliyat infratuzilma subyektlari tashkil etilib, ularning umumiy soni 55 taga yetkazilgan.
-Oliygohlarda 27 364 oʻrinli talabalar turar joyi va 10 500 oʻrinli oʻquv binolari yaratilgan.