O‘qituvchi 3 kun sababsiz ishga kelmasa, bu holatda qanday jazo chorasi qo‘llaniladi?

Ulug’bek Po’latovning yozishicha, odatda, bunday harakatlar uchun belgilanadigan qoidalar ko’proq ta’lim muassasasi ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi.

 

Agar maktabning ichki mehnat tartib qoidalarida xodimning ish joyiga kechikib kelishi, ish joyiga sababsiz ravishda kelmasligi yoki lavozim vazifalarini muntazam bajarmasligi bo’yicha qo’llaniladigan choralar belgilanmagan bo’lsa, xodimga nisbatan Mehnat kodeksining 312-moddasida nazarda tutilgan jazo choralaridan birini qo’llash mumkin.

 

 

Mehnat kodeksining 312-moddasiga ko‘ra xodimga quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llash mumkin:

1) hayfsan;

2) o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima;

3) mehnat shartnomasini bekor qilish (MK 161-moddasi ikkinchi qismining 4 va 5-bandlari).

 

Eslatma! Mehnat kodeksida ayrim toifadagi xodimlarga intizomiy jazo qo’llashda alohida holatlar mavjud. Masalan, homilador ayollar va boshqa toifadagi xodimlar uchun alohida kafolatlar belgilangan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры