16 yoshli o‘smir to‘rt nafar oila a’zosini o‘ldirishda ayblanmoqda

Nyu Meksiko shtatida yashovchi 16 yoshli Diego Leyva o‘z oilasining to‘rt nafar a’zosini o‘ldirganlikda ayblanib, qotillik jinoyati bo‘yicha qo‘lga olindi.

 

Politsiya xabariga ko‘ra, o‘smir mast holatda bo‘lgan va o‘z jinoyatini tan olib, kechasi politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan.

 

 

Hodisa Belen shaharchasida sodir bo‘lgan. Politsiya voqea joyiga yetib borganida, o’smir yigit qo‘llarini ko‘tarib uydan chiqqan. Uydan marhumlarning jasadlari va oshxona stolida qurol topilgan.

 

 

Diego Leyva kattalar qatorida sudga tortiladi va unga to‘rt nafar qotillik bo‘yicha ayblov e’lon qilingan. Hozirda u tibbiy muolajadan o‘tkazilib, so‘roq qilish uchun tayyorlanmoqda.

 

 

Mahalliy jamoatchilik bu voqeaga nisbatan hayratda. Qurbonlarning shaxsi oshkor qilinmagan bo‘lsa-da, ulardan biri maktab o‘quvchisi, yana biri esa ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchi bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda.

 

 

Bu jinoyat AQShda oilani yo‘q qilish holatlaridan biri sifatida qayd etildi va bu yil mamlakatdagi 29-qo‘shaloq qotillik bo‘ldi. Statistikaga ko‘ra, AQShda har besh kunda shunga o‘xshash holatlar yuz beradi. Jinoyatning asosiy sabablari hozircha ma’lum emas.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры