2024-yil 23–24-noyabr kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi.
Test sinovining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 25-noyabrdan 13-dekabrga qadar gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazilgan.
Unda 29 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatilgan.
Izoh: Test sinovi natijalari 20-dekabrda e’lon qilinadi.