Hindistonning “ANI” axborot agentligi xabar berishicha, Dehlida kamida 40 ta maktabga elektron pochta orqali bomba qo‘yish tahdidi kelib tushgan. O‘quv muassasalarining har biridan 30 ming dollardan talab qilingan. Politsiya xodimlari maktab binolarida tintuv ham o‘tkazgan.
Manbaga ko‘ra, mamlakatda bu yil maktab, vokzal va aeroportlar tez-tez shunday tahdidga uchramoqda, keyinchalik noxush xabarlar yolg‘on bo‘lib chiqyapti. Aviakompaniyalar, aeroportlar yil boshidan buyon 1000 ga yaqin bomba o‘rnatilgani haqidagi soxta ma’lumot olgan. Shu asosda 12 kishi hibsga olingan.
Kuni kecha yana ikki maktab bino ichiga bir necha bomba qo‘yilgani, jo‘natuvchiga 30 000 dollar berilmasa, moslama portlatib yuborilishi aytilgan yolg‘on xabar oldi. Yana ko‘plab ta’lim maskanlari bugun ertalab elektron pochta orqali ogohlantirilgan. Natijada maktab ma’muriyati ota-onalar o‘quvchilarni uyiga olib ketishini so‘ragan.
Politsiya inshootlarda shubhali jismlar bor-yo‘qligini tekshirmoqda.