Boshqa viloyatga uylanayotgan yigitlar, agarda o’sha viloyatga doimiy yashash joylarini ko’chirsalar bemalol o’sha hududdagi oliygohga perevod qilishlari mumkin.
Masalan siz Samarqand viloyatidansiz, kelin esa Toshkent shahridan. Siz endi Toshkentga ko’chib ketyapsiz butkul, ya’ni kelin yashaydigan hududga (viloyat, shaharga). Demak siz endi uzrli sababga egasiz va o’qishingiz Toshkent shahrida xohlagan davlat oliygohiga ko’chirish imkoniga egasiz.
Biroq, siz Samarqand, kelin esa Buxorodan bo’lib, turmush qurgach Toshkent shahri yoki boshqa uchinchi viloyatga ko’chib borsangiz bu uzrli sababga kirmaydi va siz uchinchi hududga o’qishingizni ko’chira olmaysiz.
Ahamiyat beradigan jihati shundan iborat-ki, uzrli sabab bo’lishi uchun turmush quruvchilardan biri (er yoki xotin)ning doimiy yashash hududiga ko’chib borish talab etiladi.