Kasbni mustaqil yoki shogirdlikda o‘rganganlarga xalqaro sertifikatlar beriladi — Prezident

Bugun, 7-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida aholini talab yuqori kasblarga o‘qitish va daromadli ish bilan ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

 

Unda maktablar va kasb-hunarga o‘qitish markazlarida chet tilidagi darslarni ko‘paytirish, texnikumlarga xorijdan o‘qituvchilar olib kelish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

 

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimidagi 65 ta kasbiy ko‘nikma markazida o‘qitish sifatini oshirish, grantlar jalb etib, zamonaviy kasblarga mos uskunalar bilan jihozlash kerakligi aytilgan.

 

 

 

Shuningdek, viloyatlardagi 13 ta qurilish kasbiga o’qitish markazlari dasturlari talab yuqori kasblarga moslashtirilib, yiliga 20 ming fuqaro tayyorlanadi. Kasbni mustaqil yoki shogirdlikda o‘rganganlarga xalqaro sertifikatlar beriladi va 5 ta malaka baholash markazi tashkil qilinishi rejalashtirilgan.

 

Tashqi ishlar vazirligiga Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Slovakiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya kabi mamlakatlarda o‘qish va malaka oshirish, zamonaviy korxonalarda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarga yengillik bo‘lishi uchun viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish topshirilgan.

 

Bundan tashqari, xorijiy davlatlarda talabalar uchun “Work and Travel” kabi dasturlardan foydalanish imkoniyatini oshirish maqsadida, kelgusi yildan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan talabalarning yo‘lkira xarajatlari uchun ssuda (yordam puli) ajratish yo‘lga qo‘yilishi aytilgan.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры