Endi maktablarda fan o’qituvchisi yetarli bo’lsa fanlarni bo’lib o’tishga ruxsat beriladi

Maʼlumki, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisida”gi Nizomga 2022-yil 2-avgustda Vazirlar Mahkamasining 425-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgandi.

 

 

Yaʼni, nizomning 22-bandida boʻlib oʻqitiladigan barcha fanlar boʻyicha guruhlardan birining oʻqituvchisi turli sabablarga koʻra darsda boʻlmagan holatlarda guruhlar qoʻshib oʻqitilishi hamda qoʻshib oʻqitganligi uchun qoʻshimcha haq toʻlovlari amalga oshirilmasligi belgilangandi.

 

 

Bu qoida kiritilganidan soʻng, boʻlib oʻqitiladigan fan oʻqituvchilariga ancha qiyin boʻlib qoldi. Kiritilgan oʻzgarishlarda esa “vaqtincha darsda boʻlmagan” oʻqituvchining aynan qancha muddat ish joyida boʻlmasligi uning sherigiga qoʻshimcha haq toʻlanmaslikka asos boʻlishiga izoh berilmadi. Oqibatda oʻqituvchining sherigi ayrim sabablarga koʻra oylab ishda boʻlmasa ham ularga qoʻshimcha haq toʻlanmay kelindi.

 

 

 

Endilikda maktabda tegishli fanlar boʻyicha oʻqituvchi mavjud boʻlsa, boʻlib oʻqitishga ruxsat etiladi

 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentyabrdagi PQ-346-sonli qarorining 3-ilovasi bilan Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorining 22-bandiga quyidagicha tahrirlandi:

 

Boʻlib oʻqitiladigan fanlar boʻyicha guruhlardan birining oʻqituvchisi turli sabablarga koʻra darsda boʻlmagan holatlarda guruhlar qoʻshib oʻqitiladi hamda qoʻshib oʻqitganligi uchun qoʻshimcha haq toʻlovlari amalga oshirilmaydi.

 

Quyidagi band qoʻshildi: Bunda ushbu fanlar boʻyicha oʻqituvchilar mavjud boʻlsa, boʻlib oʻqitishga ruxsat etiladi.

 

 

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼulining xalqtaliminfo.uz  nashriga maʼlum qilishicha, joylardagi tushunmovchiliklarni oldini olish hamda masalaga aniqlik kiritish maqsadida ushbu xatboshi qoʻshimcha ravishda kiritilgan.

 

Yaʼni, endilikda aynan boʻlib oʻqitiladigan fan oʻqituvchilaridan birining sherigi darsda boʻlmasa, biroq ushbu fan boʻyicha maktabda yetarli oʻqituvchilar mavjud boʻlsa, bunday holatlarda dars boshqa oʻqituvchilarga biriktirilib, boʻlib oʻtilishi mumkin boʻladi.

 

Manba

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры