“Allamjonov ishi”da ayblanuvchilardan biri Toshkentdagi nodavlat universitetning egalaridan biri ekanligi aytilmoqda

Prezident administratsiyasi sobiq mulozimi Komil Allamjonovga suiqasd tashkilotchilaridan biri sifatida ko‘rilayotgan Javlon Yunusov O‘zbekistonda o‘nlab biznes loyihalarda ishtirok etib kelgan. Kun.uz ma’lum qilishicha, Yunusov Toshkent shahridagi “EMU-UNIVERSITY” MCHJ muassislaridan biri sifatida 50 foiz ulushga egalik qilmoqda.

 

 

Orginfo.uz saytida ham bu shaxs mazkur MCHJ muassisi sifatida ko’rsatilgan.

 

 

Bir necha kun avval Bosh prokuratura qidiruvda boʻlgan ayblanuvchi Javlon Yunusov Janubiy Koreya Respublikasida qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilingani haqida xabar bergan edi. 

 

 

Kun.uz surishtiruvida “U ta’sis etgan firmalar qurayotgan ko‘p qavatli turar-joy majmualari mijozlarga kelishilgan muddatda topshirilmagani ma’lum bo‘ldi. Mijozlarga va’da qilingan kvartiralar qurilmagan, ular to‘lagan “pulni qaytarishni va’da berayotgan” sotuv ofislari ayni paytda yopiq.” deyiladi.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры