Endi taʼlim tashkilotlarida qarindoshlar ishlashi mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Oʻzbekistonda qarindoshlari bilan birga ishlashi mumkin boʻlgan davlat tashkilotlari xodimlari roʻyxati tasdiqlandi.

Roʻyxatda qarindoshlarning birga ishlashini cheklash toʻgʻrisidagi qoidalardan istisnolarga yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan davlat tashkilotlari xodimlari keltirilgan.

 

 

Unda 17 ta davlat tashkiloti xodimlari oʻrin olgan:

 

  1. -Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining xodimlari;

 

  1. -Qishloq joylardagi qishloq xoʻjaligi tashkilotlari va qishloq xoʻjaligi boʻyicha ilmiy-tadqiqot muassasalari mutaxassislari;
  2. -Temiryoʻl transportining liniya tashkilotlari, yoʻl, qurilish-montaj va temiryoʻllarning ixtisoslashtirilgan trestlarining qurilish-montaj va koʻpriksozlik poyezdlari, mexanizatsiyalashgan -kolonnalari va boshqa harakatlanuvchi tuzilmalarning xodimlari, ushbu korxona va tashkilotlarning bosh buxgalterlari, omborxona mudirlari (omborchilari) va kassirlaridan tashqari;

 

  1. -Aloqadan foydalanish tashkilotlari xodimlari;

 

  1. -Sogʻliqni saqlash, davolash-profilaktika va sanitariya-epidemiologiya tashkilotlarining shifokorlari;

 

  1. -Barcha taʼlim tashkilotlaridagi pedagog xodimlar, oʻqituvchilar, bibliograflar va kutubxonachilar;

 

  1. -“Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq mehnat shartnomasi tuzilmaydigan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvchi davlat fuqarolik xizmatchilari;

 

  1. -Teatrlar, badiiy jamoalar va studiyalar ijodiy xodimlari;

 

  1. -Arxivlar xodimlari, ilmiy muassasalar xodimlari, muassasalarning bosh buxgalterlari, buxgalterlari, omborxona mudirlari (omborchilari) va kassirlaridan tashqari, shuningdek, seysmik stansiyalar xodimlari;

 

  1. -Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi tarmoq tashkilotlarining xodimlari;

 

  1. -Dala geologiya (ekspeditsiyalari, uchastkalari va boshqa) tashkilotlari xodimlari;

 

  1. -Qishloq joylarda ishlaydigan oʻrmon va suv xoʻjaligi mutaxassislari, maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlari, tibbiyot xodimlari, madaniy-maʼrifiy tashkilotlar xodimlari;

 

  1. -Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllaridan foydalanadigan yoʻl tashkilotlarining xodimlari, tashkilotlarning bosh buxgalterlari, omborxona mudirlari (omborchilari) va kassirlaridan tashqari;

 

  1. -Qurilish-montaj va koʻpriksozlik qurish poyezdlari, mexanizatsiyalashgan kolonnalar va boshqa koʻchma maxsus qurilish tuzilmalarining xodimlari, tashkilotlarning bosh buxgalterlari, omborxona mudirlari (omborchilari) va kassirlaridan tashqari;

 

  1. -Daryo floti kemalarining suzuvchi tarkibi xodimlari va daryo transportidan foydalanish tashkilotlari xodimlari, bu tashkilotlarning bosh buxgalterlari, omborxona mudirlari (omborchilari) va kassirlaridan tashqari;

 

  1. -Magistral quvurlar oʻtkazish hamda neft va gaz konlarini tartibga keltiruvchi qurilish, qurilish-montaj va boshqa ixtisoslashtirilgan boshqarma va uchastkalarning xodimlari, tashkilotlarning bosh buxgalterlari, omborxona mudirlari (omborchilari) va kassirlaridan tashqari;

 

  1. -Havza va koʻllardagi baliqchilik tashkilotlari xodimlari, ushbu tashkilotlarning bosh buxgalterlari, omborxona mudirlari (omborchilari) va kassirlaridan tashqari.

 

 

 

Oʻzaro yaqin qarindosh yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslarning (ota-ona, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotin, shuningdek, er-xotinning ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat tashkilotida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʻysunishiga yoki uning nazorati ostida boʻlishiga bogʻliq boʻlsa taqiqlanadi. Bu Mehnat kodeksining 121-moddasida belgilab qoʻyilgan.

 

 

Ushbu qoidadan istisnolar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi mumkin.

 

 

Bundan avval davlat rahbarining qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi qonun ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq roʻyxati tasdiqlangandi.

 

Daryo.uz manbasidan

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры