O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi 37-son farmoni ijrosini ta’minlash doirasida ko‘zi ojiz shaxslarga xorijiy tillarni o‘rganishda qulay sharoit yaratish maqsadida maxsus test formatining aprobatsiyasi o‘tkazildi.
Bilimni baholash agentligi tomonidan tashkil etilgan ushbu aprobatsiya sinovida respublikaning turli hududlaridan I va II guruh nogironligi bo‘lgan 90 nafar ko‘zi ojiz talabgor ishtirok etdi.
Agentlik vakillari sinov natijalarini tahlil qilib, formatni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini belgilamoqda. Kelgusida ushbu maxsus format asosida xorijiy tillar bo‘yicha sertifikat imtihonlari tashkil etilishi kutilmoqda.
Mazkur sinov ko‘zi ojiz shaxslarning taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularga qulay hamda adolatli shart-sharoitlar yaratish yo‘lida muhim qadamdir.