Jismoniy tarbiya o’qituvchilari uchun milliy baholash tizimi ishlab chiqiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida jismoniy tarbiya fani oʻqitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan oʻqituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

 

 

2025-yil 1-iyulga qadar:

 

 

➖ jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimi ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi;

 

 

Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq:

 

➖ jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga toifa berishning (2 bosqichli) yangi tartibi ishlab chiqiladi va birinchi bosqich (test jarayonlari) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan, ikkinchi bosqich (amaliy imtihon) Sport vazirligi tomonidan tashkil etiladi;

 

 

➖ har oʻquv yili yakunida oʻquvchilarning sinflar boʻyicha jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi;

 

 

➖ yuqori natijaga erishgan maktab sport klublari aʼzolari uchun davlat sport taʼlim muassasalarida nufuzli xalqaro sport musobaqalari gʻolib va sovrindorlari ishtirokida amaliy mahorat mashgʻulotlari tashkil etiladi;

 

 

eng yaxshi natijaga erishgan maktab sport klubi aʼzolari uchun Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi, Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi va yurtimizdagi mashhur sport obyektlarida mahorat mashgʻulotlari tashkil etiladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры