2024-yil Oʻzbekistonda ilk bor maktab imtihonlari onlayn shaklda oʻtkazildi.
Bu qadam oʻrta taʼlim sohasida chinakam yuksalish boʻldi. Oʻzbekiston boʻylab 400 dan ziyod maktab va 100 000 nafardan ortiq oʻquvchi imtihonlarni onlayn tarzda topshirdi.
Natijada, 350 mingdan ortiq baho qoʻyildi, 300 ming varaq qogʻoz tejaldi. Shuningdek, bosmaxona xarajatlari butunlay qisqartirildi.
Onlayn topshirish davrida eMaktab jamoasi maktab xodimlari va ota-onalarga telefon, Zoom va Telegram orqali 3000 dan ortiq savollarga javob bergan.