Umumiymumiy o‘rta ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi Nizomning (20.03.2008 yilda ro‘yxatga olingan, ro‘yxat raqami 1778) 39-bandiga ko‘ra, bitiruvchilarning yashash joyi o‘zgarishi (masalan, Respublikadan tashqariga chiqish) bilan bog‘liq holda, agar bunday holatni tasdiqlovchi kalendar hujjatlari mavjud bo‘lsa va bu o‘zgarish mart-aprel-may oylarida yuzaga kelsa, bitiruvchilarga yakuniy attestatsiyadan muddatidan oldin o‘tish imkoniyati beriladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasining tegishli buyrug‘i asosida ruxsat beriladi.
Shunga ko‘ra, muddatidan oldin attestatsiyadan o‘tish faqat yuqoridagi holatlarda amalga oshiriladi.
Nizomning 40-bandiga muvofiq, yakuniy attestatsiya davrida kasal bo‘lgan va yakuniy attestatsiya tugashidan oldin tuzalib kelgan bitiruvchilar maktab direktorining buyrug‘i asosida qoldirilgan fanlardan attestatsiya tugagandan keyin ikki hafta o‘tgach attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Shuningdek, agar o‘quvchi qonunchilikda belgilangan kasalliklardan biriga chalingan bo‘lsa, attestatsiyadan ozod qilinishi mumkin.