Sirojiddinov nomidagi litseyda informatika oʻqituvchisi oʻquvchisini urdi. Holatni Bolalar Ombudsmani o’z nazoratiga oldi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchi o‘quvchiga bor kuchi bilan musht tushirgani aks etgan video tarqalgandi. Joriy yilning 9-noyabr kuni Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova informatika o‘qituvchisi dars vaqtida o‘quvchiga bor kuchi bilan musht tushirgan holatni nazoratga olgan.

 

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 2024 yil 16 may kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi Sirojiddinov nomli litseyda sodir bo‘lgan.

 

 

O‘qituvchining ta’kidlashicha, o‘quvchiga o‘qishga bo‘lgan muhabbatini qaytarish uchun zarar yetkazmasdan unga salgina teggan.

 

 

 

 

 

 

Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganildi.

 

“Holat joriy yilning 16-may kuni Chilonzor tumanidagi Tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan S.Sirojiddinov nomidagi Respublika akademik litseyida sodir bo‘lgan bo‘lib, o‘quvchi J.M. (2007-yilda tug‘ilgan) ushbu fanga tayyorgarlik ko‘rmaganligi va o‘qituvchi M.A. (1997-yilda tug‘ilgan) bir necha bor ogohlantirsa-da, bola tartibga kelmaganligi uchun o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqib, o‘qituvchi o‘quvchining yuz qismiga qo‘li bilan qattiq urganligi aniqlangan.

Hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi”, — deyiladi xabarda.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры