Oʻzbekiston Respublikasining Surxondaryo viloyati Termiz shahri 11-sonli umumta’lim maktabining matematika fani o’qituvchisi Ilhomjon Turdaliyev attestatsiya imtihonidan 92 ball bilan birinchi toifani qo’lga kiritdi.
Bundan oldin ham Xorazmda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi attestatsiya sinovidan 96 ball, Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidagi 23-umumta‘lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Sokina Murodova attestatsiyasida 92 ball, Gʻijduvon tuman 6-umumtaʼlim maktabi Boshlangʻich taʼlim fani oʻqituvchisi Yarasheva Umida Orziboyevna qizi 94 ball va Fargʻona viloyati So‘x tumanida joylashgan 29-maktabning o‘zbek tili o‘qituvchisi Shohro‘z Mo‘minzoda attestatsiya jarayonlarida 100 ballni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.