Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
Prezident qaroriga ko’ra, endi chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisi shtati Mudofaa vazirligiga o‘tadi va bu vazifaga Qurolli Kuchlar zaxirasidagi harbiylar ishga qabul qilinadi.
Mazkur fan bo‘yicha yangi o‘quv dasturi va darsliklar yaratiladi. Har bir tuman va shaharda bittadan maktab negizida “Jasorat maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan tashqari, kelgusi o‘quv yilidan boshlab, bosqichma-bosqich hamma joyda maktab sport klublari tashkil etiladi. Bu yo‘nalishda ham o‘qituvchilarga toifa berishning yangi tartibi, maktablarning sport bo‘yicha reyting tizimi ishlab chiqiladi.