“11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” dam olish kuni bo’ladimi?
2023-yilning may oyida bir loyiha ko’rib chiqilayotgani va 11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni tegishli qonun bilan ishlanmaydigan bayram kunlari roʻyxatiga kiritilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Ammo keyinchalik bu loyiha haqida boshqa xabar chiqmadi. Hozircha bunday qonun qabul qilingani yo’q.
Shu sababli 11-noyabr ish kuni hisoblanadi, dam olish kuni emas. Joriy yilda 11-noyabr dushanba kuniga to’g’ri keladi va barcha xodimlar uchun esa ish kuni hisoblanadi.
Mehnat kodeksiga ko’ra, hozirda yurtimizda 9 ta ishlanmaydigan bayram kunlari mavjud:
1-yanvar – Yangi yil
8-mart – Xotin-qizlar kuni
21-mart – Navroʻz bayrami
9-may – Xotira va qadrlash kuni
1-sentyabr – Mustaqillik kuni
1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni
8-dekabr – Konstitutsiya kuni
Ramazon hayitining birinchi kuni
Qurbon hayitining birinchi kuni.