Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovaning tegishli buyrug’i bilan Hamutov Uchqun Irisvayevich Respublika ta’lim markazi direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar qildi.
Bugun Respublika ta’lim markazida tashkiliy masalaga doir yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillari, Respublika ta’lim markazi direktori hamda markaz xodimlari ishtirok etdi.
Yigʻilishda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri H.Umarovaning tegishli buyrug’i oʻqib eshittirildi. Unga ko‘ra hozirga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘quv jarayonini metodik ta’minlash va darsliklar boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelgan Hamutov Uchqun Irisvayevich Respublika ta’lim markazi direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.