2024-yil 12-oktabr kuni matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni o‘tkazilib, 25-oktabr kuni imtihon natijalari e’lon qilingan edi.
Natijalar e’lon qilingandan so‘ng, besh ish kuni davomida test natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlarning apellatsiya arizalari qabul qilingan.
Arizalar Apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, Apellatsiya komissiyasining qarori talabgorlarning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi.
Apellatsiya arizasi bergan talabgorlar my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan Apellatsiya komissiyasining qarori bilan tanishishi mumkin.