Menejerlik sertifikatini olmagan maktab direktorlariga lavozimdan ozod etish chorasi qo‘llaniladi

Menejerlik o‘quv kursida to‘liq qatnashgan va o‘quv dasturini to‘liq o‘zlashtirgan tinglovchilar kursni muvaffaqiyatli tamomlagan deb hisoblanadi va yakuniy attestatsiya sinovlariga qo‘yiladi.

 

Yakuniy sinov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir hafta ichida Institut rektori buyrug‘i bilan nomzodlarga menejerlik sertifikati taqdim etiladi.

 

Yakuniy attestatsiya sinovlaridan muvaffaqiyatsiz o‘tgan nomzodlarga bir yil ichida yana bir bor sinovda ishtirok etish imkoniyati beriladi. Agar bu gal ham yetarli ball to‘play olmasa, nomzod qayta menejerlik o‘quv kursida tahsil olishi kerak bo‘ladi.

 

Agar yakuniy sinovda ishtirok etayotgan maktab direktori yetarli ball to‘play olmasa, u lavozimidan belgilangan tartibda ozod etiladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры