Hilola Umarova vazirlikdagi faoliyatini davom ettiradimi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova joriy yilda bo’lib o’tgan parlament saylovida o’z nomzodini ilgari surganligi haqida xabar bergan edik.

 

Qonunchilikka ko’ra, agar Hilola Umarova deputatlikka saylangan taqdirda, oʻz lavozimdan voz kechishi kerak edi.

 

Davlat roʻyxatidan oʻtgan OAVda Oliy Majlis qonunchilik palatasiga deputatlikka OʻzLiDePdan nomzodi qoʻyilgan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova hamda “Milliy Tiklanish” partiyasidan nomzod, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovlarning lavozimlaridan ketganliklari va deputatlikni tanlaganlari toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi.

 

Vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida, vazirlikdan ma’lumot oldik. Matbuot kotibining ma’lum qilishicha, tarqatilayotgan xabarlar haqiqatga mos kelmaydi. Hilola Umarova Maktabgacha va maktab vaziri faoliyatini davom ettiradi.

 

Shuningdek, mutasaddi lavozimda boʻlgan deputatlikka nomzodlar haqida tegishli maʼlumotlar Markaziy saylov komissiyasi yoki partiyalarning rasmiy sahifalarida xabar beriladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры