2025-yilda ta’lim sohasiga budjetdan qancha mablagʻ ajratilishi rejalashtirilmoqda?

Oʻzbekistonda 2025-yilda qaysi davlat idorasi byudjetdan qancha mablagʻ olishi kutilayotgani eʼlon qilindi. Bu Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi va Byudjetnomada keltirilgan.

 

Unga ko’ra, mamlakatning 18 ta vazirligiga jami 195 trln 763 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirilishi kutilmoqda. Roʻyxatda Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yoʻnaltirilgan mablagʻlar boʻyicha maʼlumot berilmagan. Bu maʼlumot anʼanaviy ravishda boshqa tashkilotlar oladigan jami mablagʻga qoʻshib koʻrsatilgan.

 

2025-yil uchun vazirlik va idoradalardagi joriy xarajatlar, obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun qoʻyilmalar belgilangan.

 

Ushbu qonun loyihasida ta’lim sohasi uchun quyidagicha mablag’ ajratilishi belgilangan:

 

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi — 59,5 trln soʻm 

 

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi — 6,6 trln soʻm 

 

 

Maktabgacha va maktab ta’limi sohasiga yo‘naltirilgan mablag‘lar quyidagi yo‘nalishlarga taqsimlangan:

 

Rivojlantirish dasturlari uchun xarajatlar – 6 trln 631 mlrd 679 mln;

 

Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida darsliklarni yangilash bilan bog‘liq xarajatlar – 1 trln 300 mlrd;

 

Ta‘lim sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish – 250 mlrd;

 

Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish – 120 mlrd;

 

Maktablarda ma’nan eskirgan kompyuter sinflarini yangilash uchun xarajatlar – 200 mlrd;

 

Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi tizimidagi muassasalarning sport jihozlari bilan ta’minlash uchun xarajatlar – 62 mlrd 79 mln;

 

Xorijiy o‘qituvchilarni jalb qilish xarajatlari – 250 mlrd;

 

Umumta‘lim maktablarini milliy cholg‘u asboblari bilan ta’minlash uchun xarajatlar – 50 mlrd;

 

Davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotlariga planshetlar xarid qilish xarajatlari – 50 mlrd;

 

Umumta‘lim maktablarida to‘garaklarni tashkil etish va ularga “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlarini jalb qilish uchun mablag‘lar – 500 mlrd;

 

Davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan maktabgacha ta‘lim tashkilotlariga subsidiyalar – 3 trln 809 mlrd 600 mln;

 

Ob’ektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruktsiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar – 4 trln 10 mlrd.

 

 

Eslatma! 2024-yilgi Budjetnomaga ko’ra, ta’lim sohasiga quyidagicha mablag’ ajratilishi belgilangan edi:

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi — 46 trln 647 mlrd 414,5 mln so‘m;

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi — 6 trln 130 mlrd 330 mln so‘m.

 

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры