Mehnat kodeksiga ko’ra, quyidagi 4 holatda xodimlarga qoʻshimcha taʼtillar berilishi mumkin:
– mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band boʻlgan xodimlarga;
– noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ish bajarayotgan xodimlarga;
– tashkilotda yoki tarmoqda koʻp yillik ish stajiga ega boʻlgan xodimlarga;
– qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida, shuningdek, jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Qoʻshimcha taʼtillarni berish tartibi qanday boʻladi?
Mehnat kodeksining 222-moddasiga asosan, har yilgi mehnat taʼtilining umumiy davomiyligini hisoblab chiqarishda qoʻshimcha taʼtillar har yilgi asosiy eng kam taʼtil yoki har yilgi asosiy uzaytirilgan taʼtilga qoʻshib jamlanadi.
Agar xodim qoʻshimcha taʼtil beriladigan toifaning ikkitasiga tushsa, bunda taʼtil berish tartibi qanday boʻladi?
Asosiy yillik taʼtil 21 kun + MK-220-moddasi bilan 10-yil ishlagani uchun 4 kun + jamoa shartnomasida nazarda tutilgan qoʻshimcha taʼtil 5 kun, jami 30 kun taʼtil hisoblanadi.
Eslatma! Taʼtilning umumiy kuni 56 kalendar kundan oʻtib ketmasligi kerak. Mehnat kodeksining 222-moddasi 2-qismiga koʻra, barcha hollarda qonunchilik bilan belgilangan taʼtillarni jamlashda ularning davomiyligi bir ish yili uchun 56 kalendar kundan oshib ketishi mumkin emas.