Malaka toifa sinovlari ertadan boshlanadi

Xabar berilganidek, maktabgacha, umumtaʻlim va maktabdan tashqari taʻlim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning 29-oktabridan boshlab malaka toifa sinovlarini oʻtkazish boshlanadi hamda 16-noyabrga qadar davom etadi.

 

Eslatma! Malaka test sinovlarini bajarish uchun:

 

–  matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya, fizika fanlari uchun — 120 daqiqa;

 

–  qolgan barcha fanlar uchun — 90 daqiqa vaqt ajratiladi.

 

 

Malaka sinovlarining:

 

–  birinchi bosqichida – mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta (mutaxassislik fanidan 35 ta, pedagogning kasbiy standartlaridan 5 ta) test topshirigʻi beriladi. Har bir toʻgʻri bajarilgan test 2 ball bilan baholanadi. Test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi;

 

–  ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir toʻgʻri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.

 

Attestatsiya imtihoniga oid qo’shimcha ma’lumotlari:

 

Malaka toifa sinovlari oʻtkaziladigan sanalar (fanlar kesimida);

 

Malaka test sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari;

 

Malaka test sinovlarini oʻtkazishga doir sinov materiallari.

 

 

Shuningdek, barcha oʻquv fanlaridan quyidagi botlarda bepul onlayn repetitsiyalar davom etmoqda:

 

O’zbek tilida: @uztditestbot
Qoraqalpoq tilida: @uztdi_qrtestbot
Rus tilida: @uztdi_rustestbot

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры