17-oktabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev 2024-yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2025-yil uchun mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yig‘ilishda bildirilgan fikrlar asosida 2025-yilgi Davlat budjeti loyihasining asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi.
Ijtimoiy davlat tamoyilidan kelib chiqib, ta’lim va sog‘liqni saqlashga ajratilayotgan mablag‘larni 20 foizga ko‘paytirish nazarda tutilmoqda.
Qonunchilikka muvofiq, bu loyiha va uning ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari mahalliy Kengashlarda muhokama qilinadi hamda yakunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritiladi.