Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”nizomda belgilangan Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash Mezonlarida 9ta mezon qayd etilgan bo‘lib, ular qatorida til sertifikati mavjud emas.
Shu sababli pedagogning bu natijasi uchun direktor jamg‘armasidan ustama berilmaydi.